Ka'ba yopinchig'i. Hujjatli film - Xurshid Davron Kutubxonasi

Kaʼba (arab. الكعبة al-Kaʿbah) – kub shaklidagi bino boʻlib, Saudiya Arabistonining Makka shahridagi Masjid al-Haram masjidiningichida joylashgan. Masjid dastlabki Kaʼba atrofida bunyod etilgan. Kaʼba Islom olamida eng muqaddas joy hisoblanadi. Qibla, Musulmonlar namoz vaqtida yuzlanadigan joy Kaʼbadir. Musulmonlar tarafidan amalga oshiriladigan Haj va Umra Kaʼba atrofida amalga oshiriladi. Masjid Al Xaram masjidining maydoni Kaʻba bilan qoʻshib hisoblanganda 193 000 kv.m tashkil qiladi. Masjid bir vaqtning oʻzida 130 ming musulmonni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Hadj ibodati mavsumining odamlar toʻplanib yuradigan vaqtida bir necha bor koʻngilsizliklar yuz bergan. Vaqt oʻtishi bilan ziyorat amallari kuchli tartib ostida qilinmoqda. Kaʻbaning bir burchagidan Qora tosh joy olgan. Haj amallari paytida Kaʻbaning atrofida Tavof amali bajariladi. Kaʻba butun dunyo musulmonlari uchun namoz vaqtida Qibla vazifasini oʻtaydi. Kaʻba 5 martadan 12 martagacha rekonstruksiya qilingan. Musulmon rivoyatlarida keltirilishicha Kaʻba Odam Alayhissalom tomonidan qurilgani aytiladi. Qurʻonda keltirilishicha esa Kaʻbaga Ibrohim Alayhissalom asos solganlar. Qurʻonda aytilishicha Kaʻba insoniyat tomonidan Alloh ga ibodat qilish uchun bunyod etilgan birinchi inshootdir. Kaʻbaga Bani Shaybaoilasi vakillari egalik qiladi va shu bilan birga barcha Kaʻba kalitlari ularda saqlanadi.

Kaʼba (arab. — kub) — islom dinining eng muqaddas ibodatxonasi, musulmonlarning bosh sajdagohi. Saudiya Arabistonining Makka sh.da. Baytul harom (Muqaddas uy), Baytulloh (Allohning uyi) deb ham yuritiladi. Uni ziyorat qilish — haj va umraning asosiy amallaridan biri.

K. Harom masjidi (qarang al-Masjid al-Harom)ning markazida joylashgan, bal. 15 m va poydevori 12×10 m oʻlchamda toshdan qurilgan bino; meʼmoriy yodgorlik. K. burchaklari taxminan dunyo tomonlari yoʻnalishida joylashgan. Sharqiy burchagi asvod rukni (“qora burchak”) yoki oddiy rukn deb ataladi. Unga yerdan taxminan 1,5 m balandda tokcha qilinib, “qora tosh” (arabcha “hajar al-asvod”) joylangan. U K.dagi asosiy tavof qilinadigan narsa, yer yuzidagi odamlarga Alloh tomonidan yuborilgan, Alloh qudratining belgisi hisoblanadi. Hoz. vaktda u bir-biriga qoʻshilib ketgan qora-qizgʻish tusdagi uch sinikdan iborat; meteorit degan taxmin bor. Shim. burchagi Iroq burchagi, gʻarb burchagi — Suriya burchagi, jan. burchagi esa — Yaman burchagi deb ataladi. K.ga qora mato (kisva) qoplab qoʻyiladi, matoga oltin va kumush harflarda xrshiya qilib K. va hajga taallukli oyatlar yozilgan. Shim.-sharqiy devorda 2 m cha balandlikda oʻyma naqsh b-n bezatilgan kumush zanjirli eshik bor. K.ga chiqiladigan gʻildirakli zinapoya oʻyma naqsh b-n, kumush qoplab jozibador bezatilgan. K. ichkarisida uchta ustun boʻlib, koʻpdan koʻp chiroq osilgan, sovgʻa qilingan Qurʼon nusxalari saqlanadi. Shim.gʻarbiy devorning tomidan tilla suvi yugurtirilgan tarnov koʻrinib turadi, u almizob yoki mizob ar-rahma deb ataladi. Shu tarnov b-n gʻarbiy burchak oraligʻi qibla hisoblanadi. K.ni tosh yotqizilgan yoʻlka oʻrab turadi. Bu yoʻlkadan ziyoratchilar yurib aylanib oʻtishadi (tavof qilishadi). Eshik roʻparasida Ibrohim maqomi bor, u tosh inshoot boʻlib, K.ni tiklayotganda Ibrohim (as) shu toshda turgan deydilar. Toshda odam izlari koʻrinadi. “Qora tosh” yaqinida muqaddas Zamzam bulogʻi bor.

Bu içerik sizlere beklentiler.com farkıyla sunulmuştur. Yazının asıl kaynağı: www.youtube.com

SPONSORLU İÇERİK:


Beğendiniz mi? Arkadaşlarınızla Paylaşın!


Sizin Tepkiniz Nedir?

Şaşırdım Şaşırdım
0
Şaşırdım
Duygulandım Duygulandım
0
Duygulandım
Nefret Ettim Nefret Ettim
0
Nefret Ettim
Beğenmedim Beğenmedim
0
Beğenmedim
Eğlendim Eğlendim
0
Eğlendim
Bilgilendim Bilgilendim
0
Bilgilendim
Sinirlendim Sinirlendim
0
Sinirlendim
Güldüm Güldüm
0
Güldüm
Beğendim Beğendim
0
Beğendim
Çok Beğendim Çok Beğendim
0
Çok Beğendim
Hayret Ettim Hayret Ettim
0
Hayret Ettim
Korktum Korktum
0
Korktum
İğrendim İğrendim
0
İğrendim
Kararsız Kaldım Kararsız Kaldım
0
Kararsız Kaldım
Kala Kaldım Kala Kaldım
0
Kala Kaldım

0 Yorum

E-posta hesabınız yayımlanmayacak. Gerekli alanlar * ile işaretlenmişlerdir